AsosiyJamiyat

1 yanvardan BAA rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari O`zbekistonga vizasiz kirish imkoniga ega bo`ladi

'1 yanvardan BAA rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari O`zbekistonga vizasiz kirish imkoniga ega bo`ladi'ning rasmi

2020 yilning 1 yanvaridan e`tiboran Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari 30 kun muddatga O`zbekistonga vizasiz kirish imkoniga ega bo`ladi. 

Prezidentning 2019 yil 28 dekabrdagi “2019 yil 18 martdagi “BAA fuqarolari uchun O`zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 5691-sonli Farmoniga o`zgartirish va qo`shimcha kiritish to`g`risida”gi Farmonida (№5897) shu haqida so`z yuritiladi.

Mazkur hujjat O`zbekiston Respublikasiga to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish salohiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek, BAA investorlari uchun mamlakatimizning sarmoyaviy jozibadorligini oshirishga yo`naltirilgan.

Farmonga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, 1-bandga quyidagi mazmunda o`zgartirish kiritildi:

“2019 yil 20 martdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun, shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan boshlab BAA rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun O`zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e`tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilansin.

Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari O`zbekiston Respublikasiga kirish vaqtida amal qilish muddati 90 kundan kam bo`lmagan rezidentlik vizasining asl nusxasini taqdim etadilar”.

 

    Boshqa yangiliklar