AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi va ishonchliligini oshirish loyihasini amalga oshirmoqda

'“O`zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi va ishonchliligini oshirish loyihasini amalga oshirmoqda'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJ Ernst va Young (E&Y) xalqaro konsalting kompaniyasi bilan birgalikda “O`zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish jarayonlarining faoliyat samaradorligi va ishonchliligini oshirish loyihasini amalga oshirmoqda.  Bu haqda "O`zbekneftgaz" Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu loyiha O`zbekiston Prezidentining “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta`minlash, neft-gaz tarmog`ini moliyaviy sog`lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi farmoni va kompaniyaning transformasiya dasturi doirasida “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan tashabbus qilingan.

Loyiha bosqichma – bosqich, kompaniya faoliyatining uchta asosiy yo`nalishi - uglevodorodni qazib olish, qayta ishlash va sanoat ichida etkazib berish sohasida amalga oshiriladi.  

Loyihaning bevosita amalga oshirilishi kompaniyaning Andijon, Muborak, Sho`rtan neft-gaz qazib olish va Ustyurt gaz qazib olish boshqarmasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho`rtan gaz-kimyo majmuasi, shuningdek, Buxoro va Chinoz neftni qayta ishlash zavodlari kabi yirik bo`linmalarida amalga oshiriladi.  

Loyiha maqsadi quduq ishlash koeffisientini oshirish, texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash tizimining samaradorligini oshirish, ta`mirlash xarajatlarini kamaytirish, ta`mirlash davrini uzaytirish, uglevodorodlarni tashish paytida yo`qotishlarni kamaytirish va quvurlarning yuklash koeffisientini oshirishdan iborat.

“O`zbekneftgaz” AJ rahbariyati korxonalarni samarali boshqarish tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish, texnik va servis xizmat ko`rsatishning birlashgan strategiyasini shakllantirish hamda import o`rnini bosish dasturini amalga oshirishni ko`zda tutadi. Bu esa o`z navbatida O`zbekiston biznesini yanada rivojlantirish, mamlakatda yangi ish o`rinlari yaratish va kompaniyaning ijtimoiy indekslarini oshirishga olib keladi.  

Bundan tashqari, E&Y jarayonlarning maqsadli modelini amalga oshirish uchun “O`zbekneftegaz ” AJ xodimlarini o`qitadi. Ushbu bilim kelajakda Kompaniya rivojlanishining muhim asosiy elementiga aylanadi, bu kompaniyaning xalqaro kredit reytingini olish va MDHning boshqa yoqilg`i-energetika kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli raqobatni tezlashtiradi, shuningdek yagona texnik siyosatni shakllantirishga yordam beradi.  

 

    Boshqa yangiliklar