UzAuto Motors avtomobilni urfga kirgan jilosiz qora rangga bo`yashni boshladi. Bu avtomobil ixlosmandlari uchun o`ziga xos yangilik bo`ladi, deya xabar beradi kompaniya Axborot xizmati.
Avtomobil dunyosi juda o`zgaruvchan, ayniqsa dizaynni takomillashtirish borasida. Qachonlardir avtomobilni jiloli qilish urf bo`lgan bo`lsa, bugun buning aksi bo`lmoqda. Bugun avtomobil ishqibozlari o`rtasida avtomobilni jilosiz qora ranggi bo`yashni afzal ko`rmoqda.
Avtomobil modasiga ergashishlik esa aksariyat hollarda u qadar arzon bo`lmagan mashg`ulotdir. Moda tendensiyasini inobatga olgan holda.
Avtomobilni jilosiz rangga bo`yash maxsus bo`yoq va metodologiya yordamida amalga oshiriladi. Jarayon murakkab bo`lib, qo`shimcha ishlovni talab qiladi. Endilikda eksklyuziv rangdagi avtomobil sohibi bo`lishni istagan xaridor atigi 5 million so`m evaziga ishlab chiqaruvchidan urfdagi rangli avtomobil egasi bo`lishi mumkin.






