2019 yil 28 dekabr kuni soat 18:45 larda, Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumani hududidan o`tgan M-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo`lning 1538-km.da, haydovchi Qumqo`rg`on tumanida yashovchi, 1979 yilda tug`ilgan S.P. “LADA XRAY Cross” rusumli avtomobilini yo`lning chetidan orqaga qayrilish maqsadida chapga burgan vaqtida, shu yo`nalish bo`ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi Qumqo`rg`on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan X.Ch. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobilini o`tkazib yubormasdan to`qnashuv sodir etgan. Natijada “Neksiya” rusumli avtomobil yo`lovchisi, 1951 yilda tug`ilgan O.X. tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan.






