2019-yilning 28-dekabr kuni O`zbekistonning Malayziyadagi Elchixonasi Konsullik bo`limiga mamlakatimiz fuqarosi S.N.ning bevaqt vafot etgani to`g`risida ma`lumot kelib tushdi. U yurak xuruji tufayli Serdang kasalxonasiga yotqizilgan edi.
Elchixona vaziyatni nazoratga oldi va hamyurtimizning jasadini vatanga yuborish uchun barcha zaruriy konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko`rmoqda, deyiladi TIV rasmiy xabarida.






