AsosiyJamiyat

UzAuto Motors savdoning ilk kunida 85 dona yangi modeldagi avtomobillar uchun shartnoma imzoladi

'UzAuto Motors savdoning ilk kunida 85 dona yangi modeldagi avtomobillar uchun shartnoma imzoladi'ning rasmi

Kuni kecha UzAuto Motors kompaniyasi keng jamoatchilikka to`rtta premium sinfga mansub Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox modellarini taqdim etgandi.

Savdoning ilk kunida 85 nafar xaridor yangi modellarni xarid qilish istagini bildirdi. 

Eslatib o`tamiz, Trailblazer va Equinox avtomobillari uchun UzAuto Motors’ning barcha rasmiy dilerlarida shartnoma imzolash mumkin. Tahoe va Traverse avtomobili uchun shartnomalar esa Toshkent viloyatidagi Nurafshon Autocentre avtosalonida mavjud.

Ilg`or texnik parametrlar va o`zgacha dizaynga ega bo`lga ushbu modellarning yurtimiz bozoriga kirib kelishi mahalliy avtomobilsozlik sanoatida oldinga tashlangan yana bir muvaffaqiyatli qadam bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar