AsosiyJamiyat

Sirdaryoda belgilanmagan joydan o`tayotgan piyodani “Kobalt” urib ketib, halok qildi

'Sirdaryoda belgilanmagan joydan o`tayotgan piyodani “Kobalt” urib ketib, halok qildi'ning rasmi

Shu yilning 26 dekabr kuni soat 20:30 larda, Sirdaryo viloyati Xovos tumanida piyoda ishtirokidagi yana bir mudhish YTH sodir bo`ldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, hududdan o`tuvchi 4R-32 “Yangier-Paxtakor” avtomobil yo`lining 16-km.da, haydovchi Xovos tumanida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan J.A. “Kobalt” rusumli avtomobilini boshqarayotib, yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tayotgan piyoda Mirzaobod tumanida yashagan, 1991 yilda tug`ilgan G`.B.ni urib yuborgan. Natijada, G`.B. tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar