AsosiyJamiyat

Jondorlik ota qamoq jazosini o`tab chiqqan zahoti qonun talabini tushunib etdi

'Jondorlik ota qamoq jazosini o`tab chiqqan zahoti qonun talabini tushunib etdi'ning rasmi

MIB Jondor tumani bo`limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo`yicha Romitan tumanlararo sudining 11.12.2015 yildagi qarzdor I.Nazarovdan undiruvchi F.Boboeva foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining ¼-qismi miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati mavjud edi deya, xabar qildi MIB.

Biroq, qarzdor I.Nazarov 19 mln. 431 ming so`m aliment qarzdorligini ikki oy va undan ortiq muddatda to`lamasdan, qasddan bo`yin tovlab kelgan. Shu bois, Jondor tuman ma`muriy sudining qaroriga asosan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 47-4-moddasiga asosan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan va ota jazo muddatini o`tab chiqdi. I.Nazarov qamoq jazosini o`tab chiqqan zahoti qonun talabini tushunib etgan ko`rinadi, chunki u 19 mln. 431 ming so`m aliment pullarini to`liq to`lab berdi.

 

    Boshqa yangiliklar