Toshkent shahar matbuot xizmati xabariga ko`ra, joriy yilning 28 dekabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Mirzo Ulug`bek tumani Binokor va Sho`rtepa ko`chalarida gaz quvurlarining ta`mirlanishi sababli, ko`plab tabiiy gaz iste`molchilar vaqtinchalik tarmoqdan uziladi.
Jumladan, Qalantoy, Uzumzor, Shukur Burhonov, Intizor, Sho`rtepa, Bo`z-1 mavzesi, Sho`rtepa 1-tor, Habib Abdullaev, Mirzo Ulug`bek, Buyuk ipak yo`li, Do`rmon yo`li ko`chalaridagi aholi iste`molchilari, Akademiya shaharchasi, SOS-bolalar shaharchasi hamda Gubkin nomidagi instituti binosidagi ulgurji iste`molchilarda tabiiy gaz ta`minotidan foydalanishning vaqtincha imkoni bo`lmaydi.






