“Respublika oliy ta`lim kengashini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Respublika oliy ta`lim kengashi faoliyatining yo`nalishlari belgilandi.
O`quv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, oliy ta`limni davlat tomonidan boshqarish tizimi samaradorligini tahlil qilib borish Kengash faoliyatining yo`nalishlaridan biridir.
Kengash yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi.
Kengash kotibiyati xodimlari mehnatiga haq to`lash shartlari bo`yicha oliy ta`lim muassasasining professori lavozimiga tenglashtiriladi.
Qaror bilan Respublika oliy ta`lim kengashi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko`ra, Kengash tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar respublikadagi barcha OTMlarga, manfaatdor markazlar va tashkilotlarga tatbiq etiladi.
Ma`lumot uchun: Respublika oliy ta`lim kengashi Prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi Farmoniga asosan tashkil etilgan






