AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida 168 ta yosh oilaga "Yoshlar uylari" topshirildi. Ular orasida 8 yildan beri ijarada yashab yurgan telejurnalist ham bor

'Toshkent shahrida 168 ta yosh oilaga "Yoshlar uylari" topshirildi. Ular orasida 8 yildan beri ijarada yashab yurgan telejurnalist ham bor'ning rasmi

Toshkentshahrida 168 ta yosh oilaga "Yoshlar uylari" topshirildi Toshkent shahar, Sergeli tumani 7A-mavze 8-9-qurilish maydonlari hududida barpo etilgan xonadonlar turli sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan 168 ta yosh oilalarga tantanali topshirildi. 

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 sentyabrdagi “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta`minlashni qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 753-sonli qarori asosida jamiyatning ijtimoiy hayotida faol qatnashib kelayotgan yosh oilalarga imtiyozli ravishda uy-joylarning topshirilayotgani oila poydevorini mustahkamlash borasidagi xayrli amallardan biri bo`ldi.

Mazkur qarorga asosan O`zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashining mahalliy Kengashlariga murojaat qilgan nomzodlarning hujjatlari tegishli tartibda hududiy hamda Respublika komissiyalari tomonidan o`rganib chiqilib, ular orasidan uy-joyga muhtoj bir guruh yoshlarga imtiyozli asosda uylar berilishi belgilangan edi.

“Yoshlar uylari” 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti asosida berildi. Yangi uylar ikki va uch xonali bo`lib,bu erda yosh oilalarning to`kin, farovon hayot kechirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Farzandlari uchun zamonaviy o`yin maydonchalari ham qurilgan. Ushbu uylar barcha talablarga javob beradigan, etarli qulayliklarga ega. Tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, telefon aloqasi hamda elektr energiyasi bilan to`liq va uzluksiz ta`minlangan. Yangi uyga ega bo`lgan yosh oilalar vakillarining quvonchi cheksiz.

- 2011 yildan buyon televidenieda jurnalist sifatida samarali faoliyat yuritib kelyapman. Shu kunga qadar oilamiz bilan ijarada yashab keldik. Rahbariyat mehnatlarimni qo`llab-quvvatlab uy olish uchun ijobiy tavsiyanoma berdi,- deydi Umida Xo`jaqulova.-Turmush o`rtog`im bilan ikki farzandni tarbiyalab, kamolga etkazayapmiz. Bu uy biz uchun Yangi yilga munosib tuhfa va baxtli kunlarimizning debochasi bo`ldi. Bayram arafasida yangi uyga ko`chib o`tayotganimizdan behad shodmiz.

"Yoshlar uylari" ning imtiyozli kredit asosida, boshlang`ich to`lovlarsiz berilayotgani yosh oilalar uchun katta imkoniyatdir. Bunda uylarning boshlang`ich 25 foiz badal pullari keyinchalik kreditni qaytarish muddati ya`ni 20 yil davomida bo`lib-bo`lib qaytarib berish sharti bilan O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to`lab beriladi. Bugungi kun holatiga jami 45,7 mlrd. so`m miqdoridagi mablag`lari yoshlar uchun to`lab berildi.

    Boshqa yangiliklar