AsosiyJamiyat

Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha Nodavlat ta`lim tashkiloti ochiladi

'Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha Nodavlat ta`lim tashkiloti ochiladi'ning rasmi

“Nodavlat ta`lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha nodavlat ta`lim tashkilotida ta`lim olganlik to`g`risida davlat namunasidagi hujjatlarning yagona shakli tasdiqlandi.

Qarorga ko`ra, 2020 yil 1 oktyabrga qadar nodavlat ta`lim tashkilotlari, ularning ta`lim oluvchilari, pedagoglari va ta`lim tarbiya jarayoni to`g`risidagi ishonchli ma`lumotni o`z ichiga oladigan “Nodavlat ta`limni boshqarish axborot tizimi” yaratiladi.

Shuningdek, 2020 yil 1 oktyabrdan:

* nodavlat ta`lim tashkiloti lisenziya olganidan keyingi lisenziya talablari va shartlaridan biri - “Nodavlat ta`limni boshqarish axborot tizimi”ga kiritish uchun tegishli ma`lumotlarni Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etish hisoblanadi;

* mazkur tizimda nodavlat ta`lim tashkiloti, uning ta`lim oluvchilari, pedagoglari va ta`lim-tarbiya jarayoni to`g`risidagi ishonchli ma`lumotning lisenziya olingandan boshlab 30 kun davomida yo`qligi – lisenziyaning amal qilishini to`xtatish yoki tugatish uchun asos bo`ladi;

* kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha nodavlat ta`lim olganlik to`g`risida davlat namunasidagi hujjat blankalari berganlik uchun BHMning 10 foizi miqdorida yig`im joriy etiladi.

Qaror bilan:

* Nodavlat umumta`lim tashkilotining namunaviy ustavi;

* Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha nodavlat ta`lim olganlik to`g`risida davlat namunasidagi hujjatlarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar