AsosiyJamiyat

Qo`qonda YTH oqibatida 20 ga yaqin yo`lovchisi bo`lgan «ISUZU» avtobusi ag`darildi

'Qo`qonda YTH oqibatida 20 ga yaqin yo`lovchisi bo`lgan «ISUZU» avtobusi ag`darildi'ning rasmi

2019 yilning 27 dekabr kuni soat taxminan 8.30 da Qo`qon shahridagi Movarounnaxr va Istiqlol ko`chalari kesishmasida ichida 20 ga yaqin yo`lovchi bo`lgan «ISUZU» rusumli avtobus “Gaz 52” rusumli yuk avtomashinasi bilan to`qnashgan va natijada avtobus yonboshiga ag`darilgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra avtobus ichida 20 nafar yo`lovchilar bo`lgan, ulardan 10 nafari tibbiy yordam olish uchun murojaat qilgan, qurbonlar yo`q.

Hodisa sodir bo`lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, yo`l-transport hodisasi sabablari aniqlanmoqda. Holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar