AsosiyDunyo

Tayvanda samolyot qulashi oqibatida halok bo`lganlar soni 20 kishidan oshdi

Tayvan poytaxti Taybey shahri tashqarisidagi daryoga qulab tushgan TransAsia Airways aviakompaniyasining ATR-72 samolyoti halokati tufayli qurbon bo`lganlar soni kamida 23 kishini tashkil etmoqda, deb xabar berdi daryo.uz «Interfaks»ga asoslanib.

Bedarak yo`qolgan 20 kishini qidirish ishlari davom etmoqda. Qutqaruvchilar ular samolyot ichida qolib ketganini taxmin qilmoqda. Samolyot bortida jami 53 yo`lovchi va 5 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan, hozircha 15 kishi qutqarilgan.

Mahalliy vaqt bilan 16:00 da samolyotning «qora qutisi» olib chiqilgan. Halokat dvigateldagi nosozlik tufayli sodir bo`lgani taxmin qilinmoqda. Avvalroq, samolyot qulashi aks etgan videoyozuv internetda tarqalgan edi. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, ko`prik bilan to`qnashuvdan keyin uchuvchi samolyotni yana havoga ko`tarishga harakat qilgan, biroq buning imkoni bo`lmagan.

    Boshqa yangiliklar