3 fevral sanasida Temiryo`lchilar markaziy madaniyat saroyida Gulsanam Mamazoitova hamda OAV xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi, deb yozmoqda uz24.uz.
“MyDay” nashri xabar berishicha, suhbat davomida Gulsanam Mamazoitova xonanda bo`lmaganida dizayner, rassom bo`lishi mumkinligini aytib o`tgan. Xalq artisti hozirgi kunda Ergash Ochilovning qo`shiq bo`lgan g`azallar kitobini, Alisher Novoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur g`azallarini mutolaa qilib turishi haqida so`zlagan.
Shuningdek, xonanda jurnalistlar savollariga javob berish mobaynida qo`li shirin pazanda bo`lsa-da, ammo xamirli toamlarni yaxshi tayyorlay olmasligini va hech qachon tandirda non yopmaganini aytgan.
Eslatib o`tamiz, xonandaning bu yilgi "Sizni sog`indi yurak" deb nomlangan konserti 9,10,11,12,13,14 fevral kunlari "Istiqlol" san`at saroyida jonli ijroda bo`lib o`tadi.





