“Uzbekistan Airways” xabariga ko`ra, kompaniyaning 2019 yil 27-dekabr kunidan 2020 yilning 31-mart kuniga qadar O`zbekiston shaharlaridan Moskvaga amalga oshiriladigan qatnovlarida iqtisodiy klass aviachiptalarining tariflari pasaytiriladi. 2020 yilning 15-yanvar kunidan 31-martgacha Moskvadan O`zbekiston shaharlariga qatnaydigan yo`nalishlarda iqtisodiy klass aviachiptalarining tariflari pasaytiriladi. Batafsil ma`lumot uchun kompaniyaning 78-140-02-00 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.






