AsosiyJinoyat

Qoraqalpog`istonda ikki yigit yosh qizni aroq ichirib zo`rladi

'Qoraqalpog`istonda ikki yigit yosh qizni aroq ichirib zo`rladi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonning janubiy tumanlaridan birida ikki yigit balog`atga etmagan qizni zo`rladi. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi bo`limi katta prokurori Alfiya Bisenova “Huquq.uz”ga xabar qildi.
Ma`lum bo`lishicha 1993 yilda tug`ilgan Begzod Ergashev o`zining hali balog`atga etmagan sevgan qizini Oybek Hayitovning bo`sh turgan uyiga chaqiradi. Dastlab Begzod do`stlari Oynazar Muratov, Oybek Hayitov va Shohrux Ixtiyorovlar bilan kafeda aroq ichishgan. Keyin esa “o`tirish”ni davob ettirish maqsadida Hayitovning uyiga borishgan. U erda yoshlar aroq ichishni davom ettirgan va shu o`rtada Begzod sevgan qizini o`sha erga chaqirgan. Bu erda qizga majburlab aroq ichdirishadi va paytdan foydalangan Begzod qizga yordam bergandek o`zini ko`rsatib, boshqa xonaga olib boradi. U erda Begzod qizning nomusiga tegadi va kelib do`stlariga maqtanadi. Oynazar ham paytdan foydalanib qizning xonasiga kirib zo`rlaydi. Bu orada qizning ota-onasi qizining yo`qolib qolganidan havotirga tushib IIBga murojaat qilishadi.
Barcha tafsilotlar o`rganilib, yigitlar o`z aybini qancha yashirishga urinmasin sud hukmiga ko`ra ularga qamoq jazosi tayinlangan.

Boshqa yangiliklar