"Ozarbayjonda 2006 yildan beri nashr etilib kelinadigan “Tarixiy shaxslar” jurnali an`anaviy ravishda dunyo rahbarlari, jamoat va siyosiy hayotdagi taniqli shaxslar orasidan “Yil odami”ni aniqlaydi. Tahririyat kengashining bir ovozdan qabul qilgan qaroriga binoan, Ozarbayjon va O`zbekiston o`rtasidagi aloqalarini rivojlantirishga qo`shgan ulkan hissasi uchun, 2019 yil O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev “Yil odami” deya e`tirof etildi", - deya xabar bermoqda Uza.
Keltirilishicha, shu munosabat bilan “Tarixiy shaxslar” jurnalining navbatdagi maxsus soni O`zbekiston Prezidentiga va O`zbekistonga bag`ishlanib, rus tilida nashr etiladi. 2017 yilda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on “Yil odami” etib tanlangan edi. 2018 yilda ushbu nominasiyaga Rossiya Federasiyasi Prezidenti V.V. Putinga berilgandi.
Ozarbayjon Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi va Bokudagi Ozarbayjon Haydar Aliev nomidagi madaniyat markazi ko`magida tayyorlanayotgan “Tarixiy shaxslar” jurnalining mazkur maxsus soni taqdimoti Toshkentda ham bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.






