AsosiyJamiyat

Saylov komissiyasi a`zolariga ish haqi qachon to`lanadi?

'Saylov komissiyasi a`zolariga ish haqi qachon to`lanadi?'ning rasmi

Xabaringiz bor, joriy yilda saylov kompaniyasi ishi boshlanishi bilan jarayonga jalb qilinganlarga haq berilishi bo`yicha masala yuzaga chiqqandi. 

Shundan so`ng, saylov komissiyalari faoliyatiga jalb etilgan asosiy ish joyiga ega bo`lgan fuqarolarga kompensasiya hamda vaqtincha ishsiz bo`lgan va nafaqadagi fuqarolarga bir martalik ish haqi to`lovlari amalga oshirilishi ma`lum qilindi. 

Bloger Xushnud Xudoyberdiev o`ziga kelib tushgan murojaatlar asosida to`lovlar qilinmayotganlik holatlari haqida bildirdi: 

“Ayni shu mavzuda “bizga qachon ish haqi berishadi” degan ko`plab murojaatlar kelib tushmoqda. Markaziy saylov komissiyasi bilan bog`langanimizda ma`lum qilishdiki, hududlarda moliyaviy masalalarga mas`ul bo`lganlar “allaqachon hammaga ish haqini to`lab berganmiz” deya hisobot taqdim etishgan ekan.

Hurmatli, saylov komissiyalari a`zolari!

Yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni bartaraf etish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida qaysi okrug hamda uchastkalarda haligacha to`lovlar berilmagani haqida ma`lumot berishlaringizni so`raymiz.

To`lovlar amalga oshirilmagan hudud nomi, okrug va uchastka raqamini quyida izoh sifatida qoldiring yoki @saylov_2019bot botiga yo`llang.

Barcha murojaatlar Markaziy saylov komissiyasiga ko`rib chiqish uchun yuboriladi” , — deya tushunti rish bermoqda bloger.

    Boshqa yangiliklar