AsosiyShou-biznes

Sevara Nazarxon “Yulduzlar bilan raqs” shousida ishtirok etadi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon “Rossiya 1″ kanali tomonidan tashkillashtiriladigan “Yulduzlar bilan raqs” nomli shouda qatnashadi deb, yozadi kun.uz nashri.

Xonandaning rasmiy saytida ma`lum qilinishicha, uning shou vaqtidagi hamkori Aleksandr Nabiullin bo`ladi. Bu raqqos Portugaliyada 5 marta chempion bo`lgan, 3 marta Portugaliya kubogini qo`lga kiritgan, Evropa kubogi uchun musobaqalarda esa bir marta yarim final ishtirokchisi bo`lgan. Shuningdek, u WDSF turnirining “sportcha raqs” yo`nalishida ham yarim finalga chiqqan.

Ma`lumot uchun, Sevara Nazarxon bundan oldin Rossiyada “Birinchi kanal” tomonidan tashkil etilgan “Golos”, “Vshka” va “Toch v toch” nomli tanlovlarda ham ishtirok etgan.

    Boshqa yangiliklar