AsosiySport

Taqiqlarga qaramay Rossiya Tokio olimpiadasida o`z bayrog`i ostida qatnashmoqchi

'Taqiqlarga qaramay Rossiya Tokio olimpiadasida o`z bayrog`i ostida qatnashmoqchi'ning rasmi

Shu oyning boshida rossiyalik sportchilar doping uchun xalqaro musobaqalardan to`rt yilga chetlatilgan edi. Ushbu taqiqqa ko`ra, Rossiya sportchilari kelgusi yil Olimpiada va 2022 yilgi Pekinda bo`ladigan qishki Olimpiada o`yinlarida qatnashishlari mumkin. Ammo ular Rossiya nomidan emas, balki neytral sifatida ishtirok eta oladilar.

Ma`lum qilinishicha, Rossiya Olimpiya qo`mitasi mamlakat atletlarining 2020 yilgi Tokio Olimpiya o`yinlarida o`z davlatlari bayrog`i ostida qatnashishiga umid qilmoqda.

24 dekabrda Rossiya Olimpiya qo`mitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov jurnalistlarga: «Rossiya Olimpiya qo`mitasi Olimpiya harakatining qonuniy a`zosi. Shu bois biz sportchilarimizning Tokio Olimpiadasida Rossiya bayrog`i ostida qatnashishi uchun qo`limizdan kelgan barcha ishni qilamiz», dedi.

10 dekabr kuni Butunjahon Antidoping Agentligi Rossiyani kelgusi to`rt yil davomida yirik xalqaro musobaqalardan, jumladan 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi va Qatarda bo`lib o`tadigan 2022 yilgi Jahon chempionatidan ishtirok etishini ta`qiqlab qo`ydi.

Butunjahon Antidoping Agentligi Moskvani shu yil boshida tekshiruvchilarga berilgan doping-sinov laboratoriyasi ma`lumotlarini qalbakilashtirishda aybladi.

Rossiya bu taqiqqa qarshi chiqishini aytdi. Mamlakat prezidenti Vladimir Putin esa ushbu holatni siyosiy sabablarga ko`ra ekanligini ta`kidlab, Agentlikning qarorini tanqid qilgan.

 

    Boshqa yangiliklar