AsosiyJamiyat

Bag`dodda qidiruvda bo`lgan otaga chora ko`rildi

'Bag`dodda qidiruvda bo`lgan otaga chora ko`rildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Bag`dod tuman bo`limi tomonidan Bag`dod tumani, “Saxovat” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro B.Sultonovni O`zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi bilan ma`muriy javobgarlikka tortish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo`yicha Rishton tumanlararo sudining 2016 yil 10 avgustdagi sud buyrug`iga asosan 2 nafar voyaga etmagan farzandining moddiy taminoti uchun Sultonova Feruza foydasiga xar oylik daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan edi. Biroq B.Sultonov 2 yildan ortiq, yani 2016 yil avgust oyidan 2019 yil dekabr oyiga qadar jami 28.295.592 so`m aliment pullarini to`lashdan bo`yin tovlab kelgan. 

Majburiy ijro byurosi Bag`dod tuman bo`limi tomonidan fuqaro B.Sultonov 2 nafar farzandlari uchun moddiy ta`minot pullarini to`lashdan bo`yin tovlab, Davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor chaqirtirilishiga qaramasdan qochib yurganligi sababli, Majburiy ijro byurosi Bag`dod tuman bo`limi tomonidan davlat ijrochisining 2019 yil 21 noyabrdagi qaroriga asosan qidiruv e`lon qilingan.       

Shundan so`ng, qarzdor B.Sultonov MIB Bag`dod tuman bo`limi xodimlari tomonidan topilib, ma`muriy sud binosiga majburiy tartibda olib kelinishi ta`minlandi. Shu kunning o`zida qarzdor B.Sultonovga nisbatan Ma`muriy ishlar bo`yicha Bag`dod tuman sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlandi, deya ma`lum qildi MIB.

    Boshqa yangiliklar