AsosiyJamiyat

Bir sutkada piyodalar ishtirokida 13 ta yo`l transporti hodisasi sodir bo`ldi

'Bir sutkada piyodalar ishtirokida 13 ta yo`l transporti hodisasi sodir bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra joriy yilning 24 dekabr kuni, respublikamiz hududida piyodalar ishtirokida o`n uchta yo`l-transport hodisasi qayd etilgan

Afsuski, ularning aksariyati piyodalar tomonidan yo`l qo`yilgan qoidabuzarliklar sababli yuzaga kelgan. Bir kunda piyodalar ishtirokida 13 ta yo`l-transport hodisasi sodir bo`lishi juda ham achinarli holdir. Bu kabi xodisalar sabab jabr ko`rganlar orasida siz bilan bizning yaqinlarimiz, tanishlarimiz ham bor. Yuqorida ta`kidlangan 13 ta holat sabab qanchadan-qancha oilalarda yangi yil ko`tarinkiligi, hursandchilik, bolalar kulgusi yangramaydi. Bu holatlarning jamiyatimizga ham zarari etarlicha. Ularning zaxri tarqaguncha qancha oilalar tashvishda bo`lishadi. Shu bizga kerakmi? Yo`q, albatta. Shunday bo`lmasligi mumkinmidi? Ha, mumkin edi. Buning uchun esa barchamizdan yo`llarda harakatlanganda ozroq xushyor bo`lish, “Yo`l harakati qoidalari”ga qat`iy amal qilish talab etiladi. Bu unchalik ham murakkab ish emas.

Hurmatli hamyurtlar! Kirib kelayotgan yangi yil bayramini oila davrasida, hursandchilikda nishonlash hammamizga nasib etsin. Bir soniyalik shoshma-shosharlik bir umrlik afsusga sababchi bo`lib qolmasin, desangiz “Yo`l harakati qoidalari”ga amal qiling.

    Boshqa yangiliklar