AsosiyJamiyat

Kadastr tizimini yuritish yangi tashkilot qo`liga o`tadi

'Kadastr tizimini yuritish yangi tashkilot qo`liga o`tadi'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko`chmas mulkni ro`yxatga olish va kadastr tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga asosan, quyidagilar negizida O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi qoshida Kadastr va geofazoviy axborot agentligi (keyingi o`rinlarda Agentlik deb yuritiladi) tashkil etiladi. 

Hujjatga muvofiq, quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

Davlat kadastrlarini yuritish va ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta`minlash;

Davlat er kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri, manzilli reestr, hududlarning davlat kadastrini yuritishni tashkil qilish;

Yagona davlat kadastrlari tizimi, Milliy geografik axborot tizimi, Fazoviy ma`lumotlarning milliy infratuzilmasi, Doimiy amal qiluvchi turgan joyni aniqlovchi global yo`ldosh stansiyalari milliy tarmog`i, kadastr va ko`chmas mulkni ro`yxatdan o`tkazishning integrasiyalangan axborot tizimi – elektron hukumat tizimining bazaviy platformasi tarkibiy elementlarini ishlashini ta`minlash;

Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish, davlat kadastrlarini yuritish, ko`chmas mulkni yoppasiga kadastr baholash, fazoviy ma`lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy bazani, texnik boshqaruv va standartlashtirish tizimini ishlab chiqish, tasdiqlash orqali takomillashtirish;

Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish asosida ko`chmas mulk ob`ektlariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazishning shaffof va umumiy foydalanish uchun ochiq bo`lgan tizimining amal qilishini ta`minlash;

Ko`chmas mulk ob`ektlarini ommaviy kadastr baholashni tashkil qilish va amalga oshirish;

Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish, davlat kadastrlarini yuritish, ko`chmas mulkni ommaviy kadastr baholash, fazoviy ma`lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish;

Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish, davlat kadastrlarini yuritish, ko`chmas mulkni ommaviy kadastr baholash, fazoviy ma`lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohalarida mutaxassislarni qayta tayyorlash va muntazam malakasini oshirishni tashkil qilish;

Xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`yish va ilg`or xalqaro tajribani o`rganish asosida zamonaviy texnologiyalar va standartlarni joriy etish.

    Boshqa yangiliklar