Poytaxtimizda bayram tadbirlari o`tkazilishi munosabati bilan 2020 yilning 10 yanvariga qadar aholi qulayligi uchun avtomobillarga qo`shimcha turar joylari tashkil etildi. Yo`llarning ayrim qismlarida harakat cheklanmaydi va ulardan avtoturargoh sifatida foydalanish mumkin bo`ladi:
📍 Amir Temur shoh ko`chasining Amir Temur xiyobonidan O`zbekiston shoh ko`chasigacha bo`lgan qismida;
📍 Amir Temur shoh ko`chasining Amir Temur xiyobonidan Istiqlol ko`chasigacha bo`lgan qismida;
📍 Buxoro ko`chasining Amir Temur shoh ko`chasidan Taras Shevchenko ko`chasigacha hamda Zarafshon ko`chasidan Sharof Rashidov ko`chasigacha bo`lgan qismlarida;
📍 Matbuotchilar ko`chasining Sharof Rashidov shoh ko`chasidan Amir Temur xiyobonigacha bo`lgan qismida;
📍 Sharof Rashidov shoh ko`chasining Matbuotchilar ko`chasidan Alisher Navoiy shoh ko`chasigacha bo`lgan qismidagi bir tomoni;
📍 Olmazor ko`chasining Islom Karimov shoh ko`chasidan Alisher Navoiy shoh ko`chasigacha bo`lgan qismida;
📍 Afrosiyob ko`chasining Beshyog`och ko`chasidan Yunus Rajabiy ko`chasigacha bo`lgan qismida;
📍 Buyuk Turon ko`chasining Islom Karimov shoh ko`chasidan Alisher Navoiy shoh ko`chasigacha bo`lgan qismida (ko`chaning ushbu qismi avval xabar qilinganidek yopilmaydi);
📍 Istiqlol ko`chasining Istiqbol ko`chasidan Mustaqillik shoh ko`chasigacha bo`lgan qismida;
📍 Istiqbol ko`chasining Istiqlol ko`chasidan Shaxrisabz ko`chasigacha bo`lgan qismida.
🅿️ Shuningdek, tadbirlar o`tkaziladigan hududlardagi bir nechta avtoturargohlar haqida eslatib o`tamiz.
1. 50-sonli maktab ro`parasida
2. “Oloy” bozorining yonida
3. “Xalqlar do`stligi” saroyi yonidagi ikkita avtoturargoh
4. “Humo Arena” muz saroyi yonidagi avtoturargoh.






