Bonsai yoki pakana daraxt turlarini sevmaydigan kishining o`zi bo`lmasa kerak. Siz suratda ko`rib turgan bu kichik ko`rinishdagi daraxtlar bonsaylar deb ataladi.
Ularninig asl vatani Xitoy bo`lib Tan avlodi davrida (VIII — X asrlar) paydo bo`lgan. Bonsay so`zi xitoychadagi “pensay” so`zidan olingan bo`lib, 盆栽-ya`ni panis ustida o`stirilgan ma`nosini beradi.
Ayni damda bunday daraxatlarni istalgan mamlkatda uchratish mumkin.bunday daraxtlar uyga, xovliga o`zgacha ko`rinish beradi.
Aytish lozimki, ularning gullaydigan va gullamaydigan turlari mavjud. Ekish va o`stirish alohida parvarishni va tajribani talab qiladi. E`tiboringizga ularning antiqa turlarini havola etamiz.





