AsosiyJamiyat

Yuklar orasida 6 ming dona pirotexnika vositalari bor ekan

'Yuklar orasida 6 ming dona pirotexnika vositalari bor ekan'ning rasmi

Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, bojxonachilar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda Navoiy shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro R.K. savdo majmuasi yonida to`xtatilib, unga tegishli bo`lgan yuklar belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, uning yuklari orasida 6 ming dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar