AsosiyShou-biznes

Nilufar Usmonovaning istanbulda ikki kunlik konsert dasturi bo`lib o`tdi

Estradamizning eng yorqin namoyondalaridan biri, hofiza onasining munosib izdoshi, san`at olamida o`z o`rniga ega bo`lgan Nilufar Usmonova, Turkiyalik muxlislarini hushnud etdi. Bu haqda popcorn.uz xabar beradi.

O`zbek qizining san`atiga bo`lgan hurmat va e`tibordan, qardosh millatlar orasidagi do`stlik rishtalari yanada mustahkamlashganining yaqqol namunasi, deyishimiz mumkin.

31 yanvar hamda 1 fevral kunlari Istanbul shahrida bo`lib o`tgan konsert dasturida Nilufar Usmonova o`zining yangi qo`shiqlari bilan birga, repertuaridan joy olgan eng sara va xit taronalarini  armug`on etdi.

Ikki kunlik konsertning birinchisi shaharning Osiyoga, ikkinchi kuni esa Evropaga tutash tomonlarida bo`lib o`tdi. Har bir dasturga 450 ta tomoshabin tashrif buyurishi rejalashtirilgandi, ammo muxlislar soni shu darajada ko`payib kettiki, mingga yaqin tomoshabinlarning anchasi tik oyoqda dasturdan bahramand bo`lishdi, yana bir qanchasi sevimli xonandasining qo`shiqlarini tashqaridan turib tinglashdi.

Kutilmagan darajada anshlag tarzda kechgan konsert dasturidan nafaqat muxlislar, balki Nilufarning o`zi ham olam-olam zavq oldi. To`liq jonli tarzda o`tgan dasturda Nilufar, ozarbayjonlik iste`dodli, endi ko`zga ko`rinib kelayotgan yosh xonanda bilan birgalikda Yulduz Usmonovaning “Yolg`on” nomli qo`shig`ini kuyladi. O`zbek shou-biznes olamida ijod qilayotgan yosh xonandalar orasida Turkiya davlatida hali hech kim bu darajada muvafaqiyatli ravishda konsert namoyish etmagandi. Bu esa tinimsiz mehnat, professional ijodga yondashuv hamda muxlislarga bo`lgan muhabbatning samarasi, deyishimiz mumkin. 

    Boshqa yangiliklar