AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 1 yanvardan minglab fuqarolarimizning telefonlari ishlamay qolishi mumkin

'O`zbekistonda 1 yanvardan minglab fuqarolarimizning telefonlari ishlamay qolishi mumkin'ning rasmi

Yodingizda bo`lsa, 2019 yilning 1 apreldan yurtimizda mobil qurilmalar IMEI kodlarini avtomatik ravishda ro`yxatdan o`tkazish tartibi joriy etilgan edi. Shundan so`ng 1 dekabrdan ushbu xizmat pullik asosda amalga oshirili haqida ham aytildi. Biroq hali-hamon qanchadan qancha fuqarolar ushbu tizimni to`laqonli anglab ham etganlari yo`q, ya`ni ular telefonlarining IMEI-kodlarini ro`yxatdan o`tkazishmagan. 

Avval ham ushbu yangilikning qator kamchiliklarini aytib tanqid qilgan bloger Xushnud Xudoyberdiev, yangi yildan boshlab aholining ko`pchiligi aloqasiz qolishidan tashvishda:

“Saylov bilan bo`lib hamma IMEI kodlar muammosini unutdi shekilli. Vaholanki, puxta o`ylanmagan va mantiqan asoslantirilmagan tizimning yaratilishi ortidan minglab fuqarolarimizning telefoni 1 yanvardan ishlamay qolishi mumkin. Tasavvur qilyapsizmi?

«Barcha tanqidlarga javob berilyapti» deyilganday bo`lgandi shekilli. Ammo mana bu postga hali birorta rasmiy javob berilmadi.  Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining xo`jako`rsin uchun yozgan bayonotini  hisobga olmaganda, albatta. Ammo bu bayonot zig`ircha qiymatga ega emas.

Boz ustiga biz muammo ko`lamini hisobga olib, shaxsan vazir ishtirokida matbuot anjumani talab qilgan edik. Ammo bu ham bo`lmadi. Vazir janoblarining xalq uchun ajratadigan qimmatli vaqti yo`qmi yoki?

Kim bo`lsa ham mundoq tushuntirib bersin, ikkita sim-kartali telefonining 2 ta kodini shundoq bazaga kiritib qo`yish uchun xalq nimaga 100 ming so`m pul to`lashi kerak? Nimaga?” — yana savollar bilan murojaat qilmoqda bloger.

Biz ham mas`ullardan munosabat va natijalar kutib qolamiz.

    Boshqa yangiliklar