AsosiyJamiyat

Surxondaryo viloyati YPX xodimlariga 203 dona bodikamera ajratildi

'Surxondaryo viloyati YPX xodimlariga 203 dona bodikamera ajratildi'ning rasmi

Mamlakatimiz YPX xodimlari 2020 yil 1 yanvardan boshlab mobil videokamera (bodikamera)dan foydalangan holda o`z xizmat vazifasini olib boradi. Shu maqsadda Xitoyning “Xaytera” kompaniyasidan 6 193 ta bodikameralar xarid qilingan. Shundan 203 donasi Surxondaryo viloyatiga ajratildi.

Bodikameralar onlayn rejimda ishlab, xodim va fuqaro o`rtasidagi barcha holatni boricha yozib oladi. U ertalab yoqiladi, xodimning xizmat vaqti tugagach esa o`chadi. IIB vakili oshxonaga kirsa ham, o`tirsa ham qurilmani o`chirolmaydi. Agar xodim kamerani echsa yoki uning oldini to`sib qo`ysa, o`sha zahoti serverga bu haqda xabar etib boradi. Bitta server 50 tadan 100 tagacha kamerani qamrab oladi. Ularni alohida dispetcherlar muntazam nazorat qilib boradi.

Kameraning bitta batareyasidagi quvvat 8 soatga etadi. 24 soat mobaynida zaxiradagi batareyalar ham kamera samarali ishlashida asqotadi. Kamera 25—30 metr masofagacha bo`lgan holatni yozib oladi va u bir oy saqlanadi. Bodikameraning bir donasi 400 dollar narxda xarid qilindi.

Bodikameralar Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ilk bor O`zbekistonda joriy qilinmoqda. Maqsad — sohada inson omilini kamaytirish, aholi va xodimlarni tartibga chaqirish, turli ko`ngilsiz holatlarning oldini olishdir.

 

    Boshqa yangiliklar