Oliy Majlis Senati Kengashining 24 dekabr kuni bo`lib o`tgan majlisida “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq Markaziy bank boshqaruvi tarkibiga kiritilgan o`zgarishlarni tasdiqladi.
Oliy Majlis Senati Kengashi qaroriga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ijro apparati rahbari Olimjon Ernazarov va Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti direktori Abrorxo`ja Turdialiev O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tarkibidan chiqarildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo`yicha "El-yurt umidi" jamg`armasi direktori v.b., i.f.d., professor Adxam Bekmurodov va Toshkent shahridagi Vestminster universitetining Amaliy iqtisod bo`yicha magistratura kursi rahbari, falsafa doktori (PhD) Ziyodullo Parpiev O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining mustaqil a`zolari etib tasdiqlandi.






