AsosiyJamiyat

Yashnoboddagi saylov uchastkalariga berilgan pinhona ko`rsatma ovoza bo`ldi. Prokuratura ish ochdi

'Yashnoboddagi saylov uchastkalariga berilgan pinhona ko`rsatma ovoza bo`ldi. Prokuratura ish ochdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, 22 dekabr — saylov kuni faol bloger Xushnudbek Xudoyberdiev telegram kanalida Yashnobod tuman hokimligi  saylov okruglari mas`ullariga  telegramda tuzilgan guruhidi orqali ko`rsatmalar bergani aks etgan yozuvlarni e`lon qildi.  Bosh prokuratura Matbuot xizmati "darakchi.uz" ushbu xabar bo`yicha aniqilangan holatlarni ma`lum qildi. 

Bosh prokuratura tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan okrug va uchastka saylov komissiyalariga Toshkent shahar Yashnobod tumanida ovozlarni sanab chiqish bo`yicha yakuniy bayonnoma nusxasini to`ldirish va bayonnoma nusxalarini hech kimga tarqatmaslik yuzasidan g`ayriqonuniy ko`rsatma berilishi bilan bog`liq ma`lumotlar tekshirildi.

Tekshirishda, Yashnobod tumani hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Q.Xusanov 22 dekabr kuni tumandagi okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatiga noqonuniy aralashib, 30 ta uchastka saylov komissiyalari raislariga saylovdan keyin zudlik bilan saylov bayonnomalarining qoralama nusxalari bilan etib kelishini hamda bayonnomalarning asl nusxalariga biron-bir yozuv kiritmaslik haqida noqonuniy ko`rsatma berganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar