Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbir o`tkazildi. Unda tadbirkorlik su`bektidagi noqonuniy harakat fosh etildi.
Aniqlanishicha, Namangan tumanida joylashgan xususiy shifoxonani to`lov intizomiga amal qilishi ko`rilganda iste`molchi tarmoqga to`g`ridan-to`g`ri, o`zboshimchalik bilan ulanib olgan.
Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi.
Qoidabuzarlik dalolatnomasi yuzasidan berilgan xulosaga ko`ra shifoxona ta`minotchi korxona manfaatiga 81.312 kVt/soat elektr energiyasi yoki 36.590.400 so`m miqdorida zarar etkazgani ma`lum bo`ldi.






