2019 yilning 22 dekabr kuni taxminan soat 23:30 larda haydovchi 30 yoshli A.Z. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasini Jomboy tuman “Sarichashma” MFY hududidan o`tuvchi 4R48 avtomobil yo`lining 4 km.da “Eshimoqsoq- Jomboy” yo`nalishi bo`yicha boshqarib borayotgan vaqtida yo`lni kesib o`tayotgan piyodalar 30 yoshli F.R. va Z.R.larni urib yuborib, yo`l-transport hodisasi sodir qilgan.
Natijada piyoda F.R., turli darajadagi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotganida yo`lda vafot etgan, Z.R., esa og`ir tan jaroxatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov xarakatalri olib borilmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.






