AsosiyJamiyat

JSST: O`zbekiston havo ifloslanishi bilan bog`liq o`lim holati bo`yicha dunyoda uchinchi o`rinni egallaydi

'JSST: O`zbekiston havo ifloslanishi bilan bog`liq o`lim holati bo`yicha dunyoda uchinchi o`rinni egallaydi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashklotiga ko`ra, O`zbekiston havo ifloslanishi bilan bog`liq o`lim holati bo`yicha dunyoda uchinchi o`rinni egallaydi, deya xabar beradi “Ekologuz”.

Toshkentdagi havo sifati ba`zi qo`shni mamlakatlardagidan ko`ra yaxshiroqdir va taxminan olti oy mobaynida, ayniqsa bahor va yoz oylarida u «yaxshi» dan «mo``tadil» toifalar oralig`ida turadi, bu insonga juda kam yoki hech qanday xavf tug`dirmaydi. 

Biroq, qishki oylarda,  ayniqsa noyabr va dekabr oylarida,  havo sifati «zaif qatlamlar uchun nosog`lom» va «nosog`lom» oralig`ida bo`lishi mumkin.  Bu shuni anglatadiki,  barchamiz bu vaqt davomida ochiq havoda mashg`ulotlar,  ayniqsa og`ir jismoniy mashqlarning mumkin bo`lgan nojo`ya oqibatlarini hisobga olishimiz kerak.  Havoning sifati kun paytiga qarab o`zgarib turishi mumkin, xususan havo sifati ertalabki soatlarda eng yomon bo`lishga moyil. 

Toshkentdagi havo sifati bir qator omillarga bog`liq,biroq har kuni biz ko`radigan transport,sanoat,  energiya ishlab chiqarish va uyni isitish hollari havoning ifloslanishiga o`z hissasini qo`shadi.  Ushbu sabablarni tushunish bizga ushbu muammoni hal qilish usullarini aniqlashga yordam beradi.

Havoning sifati hayotimizning boshqa sohalariga ham ta`sir qilishi mumkin.  Havoning ifloslanishi hayvonlar,  ekinlar,o`simliklar va binolarga salbiy ta`sir ko`rsatadi. 

Misol uchun,  o`simliklarning o`sishi va qishloq xo`jaligining samaradorligini pasaytirishi mumkin.  Tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki,  havo ifloslanishi global o`simlik mahsulotlarini 2000 yilda yiliga 11-18 milliard dollar miqdorida kamayishiga sabab bo`lgan  2030 yilga borib ushbu ko`rsatkich 17-35 milliard dollarga etishi kutilmoqda. 

Qishloq xo`jaligi O`zbekistondagi aholining 34 foizini ish bilan ta`minlaydi va YaIMning 17 foizini tashkil qiladi,  shuning uchun bu sohada havo sifati va uning ta`sirini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.

    Boshqa yangiliklar