Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novakning ma`lum qilishicha, OPEC va boshqa etakchi neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning mart oyida bo`lib o`tadigan yig`ilishlarida neft qazib olishni kamaytirish masalasi ko`rib chiqilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.
Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti va uning ittifoqchilari, shu jumladan, OPEC+ nomi bilan tanilgan Rossiya kompaniyasi, neft qazib chiqarishni cheklash to`g`risidagi bitimni mart oxirigacha uzaytirish va neft bozorini muvozanatlashtirishga qaror qilgan. Mazkur masalani keng muhokama qilish uchun mart oyi boshida takroriy uchrashuv tashkillashtirishga kelishib olindi.
Novakning aytishicha, OPEC bilan hamkorlik samarali va bu bozor talablariga javob beradi.
Eslatib o`tamiz, 2019 yilda Rossiyada 560 million tonna va 737 milliard kubometr tabiiy gaz ishlab chiqarilgan.






