Shimoliy Koreyaning uzoq masofali raketalarga jihozlar ishlab chiqariladigan zavodida yangi bino qurildi. Bu holat ushbu zavodning 19 dekabrda fazodan olingan suratlaridan ma`lum bo`lgan.
Middlebury institutining Sharqiy Osiyodagi yadro qurolini tarqatmaslik dasturi direktori Jeffri Lyuisning tvitterda yozishicha, ushbu yangi bino raketa fabrikasini kengaytirilganidan darak beradi.
Hozirgi paytda AQSh va Shimoliy Koreya o`rtasidagi yadro qurollari bo`yicha muzokaralar to`xtab qolgan. Ikki mamlakat rahbarlari Donald Tramp va Kim Chen In shu yilning fevralida bo`lib o`tgan uchrashuvdan keyin qayta ko`rishishmagan.
Raketa zavodi yangi binosining barpo etilishi esa shimolliklarning o`t ochish xavfini yanada oshiradi.
Shimoliy Koreya AQShga taqdim etadigan «Rojdestvo sovg`asi» Vashingtonning keyingi harakatlariga bog`liq bo`lishini aytgandi. KXDR dekabrning boshida 2 marta raketa sinovlarni ham o`tkazgan.






