AsosiyJinoyat

Urganch tumanida o`zgaga tegishli er maydonini pullamoqchi bo`lganlar ushlandi

'Urganch tumanida o`zgaga tegishli er maydonini pullamoqchi bo`lganlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch tuman bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Urganch tumani yashovchi fuqarolar O.R. va E.M.lar, “Hamid Olimjon” MFY hududidagi o`zlariga tegishli bo`lmagan 0,2 ga er maydonini fuqaro F.R.ga firibgarlik yo`li bilan sotayotganda qo`lgsha olindi. Bu haqida bizga  Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.  

Firibgar jinoyat joyida 100 mln. so`mga sotishga kelishib, shundan, 50 mln. so`mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.  

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar O.R. va E.M.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar