Bu kabi 3D suratlarni chizish har kimning ham qo`lidan kelavermaydi. Buning uchun sabr bilan uni chizish mahoratini o`rganish va to`xtovsiz mashq qilish lozim bo`ladi. Ommalashgan bu san`at turi mamlakatimiz yoshlari orasida ham katta qiziqish uyg`otgan, desak xato bo`lmaydi. Qolaversa, yoshlarimiz orasida ham ana shunday betakror suratlarni chiza oladiganlar borligiga ishonamiz. Siz suratda ko`rib turgan suratlar ham aksariyati yoshlar tomonidan chizilgan. Dunyoning turli chekkalarida, turli ko`chalarida, mashinalar ustida va boshqa inson hayoliga kelmaydigan joylarda yaratiladigan bunday suratlar kishi ko`z oldida haqiqiydek tuyulishi turgan gap. Sizga zavq bag`ishlash uchun ular bilan sizni tanishtirishamiz.





