Sharqona yo`nalishdagi qo`shiqlari bilan muxlislari e`tiboriga tushgan xonanda Samir so`nggi vaqtlarda ko`rinmay qolgandi. Ko`pchilik san`atkorlarda bo`lgani kabi ijodiy tanaffus unga ham foyda bergan ko`rinadi. Yangi g`oyalar va yangi kuch-g`ayrat bilan ijodini davom ettirishni niyat qilgan Samir bugun o`z muxlislari uchun yangi videoklipini tuhfa etmoqda. Bu haqda popcorn.uz xabar beradi.
''Sen'' nomli qo`shiqning matni, musiqasi va aranjirovkasi ustida Narullohon Mamathonov ishlagan.
Videoklip rejissyorlari esa aktyor Yigitali Mamajanov hamda Mansur. Suratga olish ishlari tugagach Hurshid Aliho`jaev tomonidan montaj jarayonlari amalga oshirilgan. Grafika bo`yicha Sardor Tursunov ishlagan.
Klip yaratilishida va ijod jarayonida yordam bergan Hasan G`ofurov hamda Bahrul Qurbonovga xonanda alohida minnatdorchilik bildiradi.





