Urgutda suyultirilgan gaz ballonlarini o`rnatish va etkazish uchun undirilgan pul mablag`lari talon-toroj qilindi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Unda, “Hududgazta`minot” Urgut filiali SUG muhandisi O.K. iste`molchilarni maishiy gaz ballonlar bilan ta`minlash va ularga suyultirilgan gaz mahsulotlarini etkazib berishdan tushgan 328,8 mln. so`m pul mablag`larni bank muassasasiga topshirmasdan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






