AsosiyJamiyat

Hazorasp va Xiva tumanlarida yangi avtobus yo`nalishlar ochildi

'Hazorasp va Xiva tumanlarida yangi avtobus yo`nalishlar ochildi'ning rasmi

Xorazm viloyati transport boshqarmasi aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida hududlarda jamoat transportining bugungi kundagi ahvolini yanada yaxshilash, mazkur yo`nalishda ko`rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini oshirish bo`yicha qator ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, viloyatning  Hazorasp va Xiva tumanlarida ko`p yillardan beri faoliyati to`xtab qolgan qator yo`nalishlarda avtobus qatnovlarini qayta tiklash bo`yicha choralar ko`rildi.

Xususan, “Xiva temir yo`l vokzali – Pishkanik” “Xiva temir yo`l vokzali – Qoraqum”, “Xiva temir yo`l vokzali – Shomoxulum” yo`nalishlarida “Avtotrans Xorazm” unitar korxonasiga sotib olingan yangi 6 ta ISUZU avtobuslari joylashtirildi.  

Avtobuslarning oraliq qatnov vaqti 15-20 daqiqqa etib belgilangan bo`lib, ertalab soat 07:00 dan 19:00 gacha yo`lovchilarga xizmat ko`rsatadi. Bu bilan Xiva tumani va chekka qishloqlarda yashovchi 700-1000 nafardan ortiq aholining jamoat transportiga bo`lgan ehtiyoji to`liq qondirildi. Endilikda Xiva tumanida istiqomat qilayotgan aholining shahar markaziga ortiqcha ovoragarchiliksiz etib olish imkoniyati yaratildi. 

Shuningdek, Hazorasp tumanida «Shark Yulduzi – Hazorasp buyum bozori», «Tug`ruqxona – Hazorasp buyum bozori», «Yangibozor – Hazorasp buyum bozori» yo`nalishlarida ham avtobus qatnovlari yo`lga qo`yildi. Avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yilishida ularning harakatlanishi Yangibozor, Karvak, Ovshar, Muxomon va Sanoat qishlog`i hamda tuman markazidan o`tishini inobatga olgan holda yo`nalish sxemalari ishlab chiqildi.

Avtobus qatnovlarning yo`lga qo`yilishi yangi yil bayrami arafasida ushbu hududlar aholisi uchun o`ziga hos bayram tuhfasi bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar