Saratovda mahalliy aholi noodatiy hodisa guvohiga aylandi – shaharda to`q sariq rangli qor yog`di, deya xabar bermoqda FN-Volga.ru nashri ma`lumotlari asosida kun.uz.
Saratov viloyati Gidrometeorologiya va atrof-muhitni muhofazasi monitoringi markazi vakillari ushbu hodisani G`arbiy Sahroi Kabirdan kirib kelgan siklon bilan izohlashdi.
“Shimoliy Afrikaning havo oqimi O`rtaer va Qora dengiz orqali bizga kirib keldi. Sahroi Kabirda chang aralashgan havo, bir qism qum va namlikni olib, hozirgi vaqtda Rossiyaning Evropa qismi va Qrim yarimoroliga yog`moqda. Ushbu noodatiy rang esa oddiy qumning ta`siri xolos”, – dedi mintaqaviy meteorologiya xizmati boshlig`i Mixail Boltuxin.
Meteorologlarning so`zlariga ko`ra, to`q sariq rangli qor na insonga va na jonivorlarga hech qanday zarar etkazmaydi. “Qo`rqishga asos yo`q. Axir tosh yog`ayotgani yo`q-ku”, – deya aniqlik kiritdi Boltuxin.





