Mazkur aksiya doirasida Xorazm viloyatiga etib kelgan Yangi yil "Sovg`alar karvoni” shaharga kirish postida kutib olinib, tantanali ravishda Xiva shahar 121-son ko`zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga etib keldi.
“Ko`ngil ko`zi” loyihasi doirasidagi ushbu xayrli tadbirni Xorazm viloyati hokimi o`rinbosari S.Salaev ochib berdi. Tadbirda Agentlik bo`lim boshlig`i X.To`xtarov, matbuot boshqarmasi boshlig`i D.Bekchanova, viloyat xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i X.Bektemirovlar so`zga chiqib, maktab-internat o`quvchilarini bayram bilan tabriklab, ularga zamonaviy sport anjomlari, turli musiqa asboblari, elektron texnika vositalari, shirinliklar va Brayl alifbosida chop etilgan ko`plab bosma hamda audio kitoblarni topshirdilar.
Maktab-internat tantanalar zalida o`quvchilarning she`riy va musiqali chiqishlarini o`z ichiga olgan bayram tadbiri ham bo`lib o`tdi.






