2019 yil 18 dekabr kuni taxminan soat 21:00larda 30 yoshli Z.I. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasida Piskent tumani 4R20 sonli avtomobil yo`lining Qorasuv-Bekobod yo`nalishi bo`ylab xarakatlanib, shu yo`lning 21-kilometrda o`ng tomondan chap tomonga kesib o`tayotgan piyoda 65 yoshli A.K.ni avtomashinaning old o`ng burchak qismi bilan urib, yo`l transport hodisasini sodir etgan.
Natijada piyoda A.K. olgan tan jarohatlari bilan Bo`ka tuman markaziy shifoxonasi yotkazilgan. Biroq A.K.ga ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Piskent tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.






