AsosiyJamiyat

Toshkentda yangi yil bayram tadbirlari o`tadigan joylar e`lon qilindi

'Toshkentda yangi yil bayram tadbirlari o`tadigan joylar e`lon qilindi'ning rasmi

Bu yilgi yangi yil shodiyonalari o`tkaziladigan maskanlar ro`yxati shakllantirildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ro`yxatga ko`ra, joriy yilning 22 dekabridan 2020 yilning 8 yanvarigacha Toshkentdagi 14 ta maskanda Yangi yil bayrami tadbirlari bo`lib o`tadi:

  • Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi hamda «Hayatt Regency» mehmonxonasining oldi maydonida;
  • Shayxontohur tumanidagi «Anhor Lokomativ» bog`ida;
  • Shayxontohur tumanidagi «Navro`z» bog`ida;
  • Chilonzor tumani Algoritm dahasidagi «Roison Electronics» korxonasi old maydonida;
  • Yakkasaroy tumanidagi Pushkin maydonida;
  • Bektemir tumanidagi Madaniyat va aholi dam olish markazining old tomonida;
  • Mirzo Ulug`bek tumanidagi Bobur nomidagi «Eko-bog`» hududida;
  • Mirzo Ulug`bek tumanidagi «Central park» hududida;
  • Sergeli tumanidagi «Green park» hududida;
  • Uchtepa tumanidagi «Farhod» dehqon bozorining Kichik xalqa yo`lidagi turargohi hududida;
  • Yunusobod tumanidagi Toshkent hayvonot bog`i old maydonida;
  • Yashnobod tumanidagi «Ashxobod» madaniyat va istirohat bog`i hududida;
  • Yashnobod tumanidagi Mudofaa vazirligining Ma`naviyat va ma`rifat markazida;
  • Chilonzor tumanidagi «Humo arena» muz saroyining old maydonida.

Boshqa yangiliklar