"Darakchi" muxbiri MDH Parlamentlararo Assambleyasi ishtirokchi-davlatlarining demokratiyani rivojlantirish, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etishini monitoring qilish xalqaro instituti direktori vazifasini bajaruvchisi Ekaterina Goloulinaning mamlakatimizda “Yangi O`zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida o`tgan navbatdagi parlament saylovlarining xalqaro ahamiyati xususidagi fikrlarini yozib oldi:
— Yurtingizdagi saylovda ishtirok etish missiyamiz muhim ahamiyat kasb etadi, chunki O`zbekiston 2018 yilda MDH parlamentlararo Assambleyasiga a`zo bo`ldi. Mazkur Assambleyaning kuzatuvchilari guruhi ham O`zbekistondagi saylovlarda birinchi marta ishtirok etyapti. Bu biz uchun albatta, yangilik emas, chunki 25 yil davomida MDHning barcha mamlakatlaridagi saylovlarda qatnashib kelamiz. Ammo bizda taqqoslash uchun etarli asos bor. Masalan, tashkiliy jihatini yuqori baholagan bo`lardim, biz dekabr oyi boshida ham saylov uchastkalarining tayyorgarlik darajasi, saylov uchastkalari komissiyasi a`zolari bilan tanishgan edik va bu bizni hayratlantirdi. Vaholanki, bu yilgi saylov yangi Saylov kodeksiga asosan o`tkazildi va 180 ming fuqarolarni yangi tartiblar bilan tanishtirish vazifasi turardi. O`ylaymanki, vazifa uddalandi.
Aynan saylovning o`ziga kelsak, siyosiy voqelik haqqoniy o`tdi, deb aytolaman. Biz Toshkent shahridagi 15 ta saylov uchastkasida bo`ldik, umum hisobda esa kuzatuvchilar Toshkent, Sirdaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlaridagi 145 ta saylov uchastkalariga ham borishdi. Ularning shaxsiy xulosalari ijobiy, taassurotlarga boy. Shaharlarda, qishloqlarda saylov bayramdek o`tganini ta`kidlashdi.






