AsosiyJamiyat

"Ko`ngil ko`zi" loyihasi doirasida "Sovg`alar karvoni" xayriya aksiyasi Qashqadaryoga etib keldi.

'"Ko`ngil ko`zi" loyihasi doirasida "Sovg`alar karvoni" xayriya aksiyasi Qashqadaryoga etib keldi.'ning rasmi

Loyiha haqida biroz avval Agentlik bosh direktori o`rinbosari S.Mirziyoeva o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma`lum qilgani haqida xabar bergan edik.  

“Bugun "Ko`ngil ko`zi" loyihasi doirasida Yangi yil bayrami arafasida biz "Sovg`alar karvoni" xayriya aksiyasini boshlaymiz. Ushbu karvon mamlakatimizning ko`rishda nuqsoni bo`lgan barcha bolalar maktab-internatlariga etkaziladi. Loyiha rahbari sifatida shuni aytamanki, endi har bir internat zamonaviy sport anjomlari, turli musiqa asboblari va Brayl alifbosida ko`plab chop etilgan bosma hamda audio kitoblarga ega bo`ladi. Umid qilamizki, Agentlikning ushbu aksiyasi sizning qalbingizga iliqlik olib kiradi, sizga Yangi yilning bayramona kayfiyatini tuhfa etadi va salomatligingizni mustahkamlashda, ko`zlagan maqsadlaringizni amalga oshirish va hayotda zafarlarga erishishingizda yordam beradi” deydi  Agentlik bosh direktori o`rinbosari S.Mirziyoeva

    Boshqa yangiliklar