AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushgan 150 ta murojaatning hammasi ijobiy hal etildi — MSK rahbari

'Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushgan 150 ta murojaatning hammasi ijobiy hal etildi — MSK rahbari'ning rasmi

Ayni paytda kecha bo`lib o`tgan saylov natijalariga bag`ishlangan matbuot anjumani davom etyapti.

Unda Markaziy saylov komissiyasi rahbari Mirza Ulug`bek Abdusalomov saylov jarayonlarida aniqlangan kamchiliklar va qayd etilgan holatlar bo`yicha ma`lumot berdi. Unga ko`ra:

*Bu yil saylovda 20 596 570 nafar saylovchidan 13 963 627 nafari ovoz berdi (chet el saylovchilari bilan).

*Eng kam ovoz berish Toshkent shahrida bo`ldi. Ma`lum qilinishicha, katta shaxarlarda, megapolislarda saylovlar huddi shunday bo`ladi. Ya`ni, saylov berish darajasi boshqa shaharlarga qaraganda kamroq bo`ladi.

*Elektr uzilib qolishlar, internetda yuklanishlarda muammolar bo`ldi, keyingi saylovlarda tashkilotlar bilan hamkorlikda bular bartaraf etiladi.

*Veb-saytga kelib tushgan 300 tadan oshiq murojaatlar qisqa muddatlarda ko`rib chiqildi va hal etildi. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushgan murojaatlarning 150 tasi ham ijobiy hal etildi. Ushbu murojaatlar bo`yicha saylovchini boshqa saylov uchastkasidan olib o`z uchastkasiga biriktirish kabi ishlar amalga oshirildi.

Ayni paytda OAV vakillari, blogerlar va kuzatuvchilar bilan savolllarga javob berish boshlandi, deya xabar berdi Sardorbek Rahmonqulov. 

    Boshqa yangiliklar