AsosiyDunyo

Bangladeshda yondirib yuborilgan yo`lovchi avtobusi 7 kishining hayotini olib ketdi

Bangladesh sharqidagi Chaudogram shaharchasida yo`lga chiqqan yo`lovchi avtobusining yondirib yuborilishi natijasida 7 kishi hayotdan ko`z yumdi, 15 kishi esa turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga etkazildi, deb yozadi Lenta.ru nashri.

Mahalliy polisiya vakillari bergan ma`lumotlarga qaraganda, noma`lum shaxslar yo`lda ketib borayotgan avtobusga qarata ichiga portlovchi va yonuvchi suyuqliklar solingan shisha idishlarini otishgan. Aynan ana shu sabab odamlar bilan to`la bo`lgan avtobus salonida yong`in sodir bo`lgan. Aytish lozimki, bunday holat Bangladeshda birinchi bor kuzatilayotgani yo`q. Xuddi shunday hodisa 2014 yilning oktyabr oyida ham yuz bergandi. O`shanda 10 dan ortiq kishi hayotdan ko`z yumgandi.

Falokat borasida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar